Yevro finalidagi natijadan qat’i nazar Sautgeyt Angliya termasi murabbiyligida qoladi

Sport

image

Angliya futbol assotsiatsiyasi Garet Sautgeytni Yevro-2024’dan keyin, turnir natijalaridan qat’i nazar, terma jamoa bosh murabbiyi lavozimida saqlab qolmoqchi. Bu haqda futbol jurnalisti Fabritsio Romano X sahifasida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, tomonlar o‘rtasida ichki muzokaralar allaqachon bo‘lib o‘tgan.

Qayd etish joiz, 2024 yilgi Yevropa chempionati finalida Angliya terma jamoasi Ispaniya terma jamoasi bilan o‘ynaydi. Ushbu uchrashuv 14 iyul kuni bo‘lib o‘tadi. Qarama-qarshilikka Berlindagi Olimpiya stadioni mezbonlik qiladi.

Ma’lumot uchun, Sautgeyt 2016 yil sentyabrida “uch sherlar” bosh murabbiyi etib tayinlangandi. Murabbiylik faoliyati davomida Sautgeyt “Midlsbro” futbol klubi va Angliya yoshlar terma jamoasida ish olib borgan.


Maqola muallifi

Teglar

Angliya Garet Sautgeyt Evro-2024

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made