Yevro-2024: Bugun yarim final start oladi

Sport

image

Bugun, 9 iyul kuni futbol bo‘yicha Yevropa chempionatining yarim final o‘yinlari boshlanadi. Ispaniya va Fransiya jamoalari o‘zaro bahs olib borib, turnirning birinchi finalchisi nomiga oydinlik kiritadi.

Jamoalar shu vaqtga qadar 36 marta o‘zaro bahs olib borgan. O‘yinlardan 16 tasida ispanlarning, 13 tasida esa fransuzlarning qo‘li baland kelgan. 7 ta bahsda esa tomonlar murosa ko‘chasini tanlagan. Ispaniya va Fransiya tarixda birinchi marta 1922 yilda to‘qnash kelgan va o‘yinda “qizil furiya” 4:0 hisobida zafar quchgan. Oxirgi marta jamoalar rasmiy maqomda 2021 yil oktyabrda UEFA Millatlar ligasi doirasida kuch sinashdi va fransuzlar 2:1 hisobida zafar quchdi.

Ma’lumot uchun, Ispaniya-Fransiya o‘yini Toshkent vaqti bilan 23:55 da boshlanadi. Bahsga Myunxendagi “Alyans Arena” mezbonlik qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiya terma jamoasining yetakchi futbolchilaridan biri Antuan Grizmann Ispaniyaga qarshi bahsni asosiy tarkibda boshlamaslik ehtimoli borligi xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Ispaniya Evropa chempionati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made