Yevro-2024: Bugun 2-tur o‘yinlari start oladi

Sport

image

Germaniya yashil maydonlari mezbonlik qilayotgan futbol bo‘yicha Yevropa chempionatining 1-tur o‘yinlari ortda qoldi. Bugun, 19 iyun turnirda 2-tur bahslari start oladi.

“B” guruhida musobaqani mag‘lubiyat bilan boshlagan Xorvatiya 1-turda sensatsiyaga sabab bo‘lgan Albaniya bilan bahs olib boradi. Hozirda mazkur guruhda Ispaniya yetakchilik qilmoqda.

“A” guruhida esa mezbon Germaniya Vengriya bilan kuch sinashadi. 1-turda nemislar Shotlandiyani 5:1 hisobida taslim etgan bo‘lsa, Vengriya Shveysariyaga 3:1 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Hozirda “A” guruhida aynan Germaniya va Shveysariya yetakchilik qilmoqda. Shveysariya esa Shotlandiya bilan bahs olib boradi.

Ma’lumot uchun, Xorvatiya-Albaniya 18:00 da, Germaniya-Vengriya o‘yini 21:00 da, Shotlandiya-Shveysariya uchrashuvi esa 00:00 da boshlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Xorvatiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made