Yevpopada 1960 yillardan beri ilk bor o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi kamaydi 

Olam

image
0:00
0:00
download

O‘tgan yili koronavirus pandemiyasi sharoitida deyarli barcha Yevropa mamlakatlarida o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi kamaydi. Bu haqda Yevrostat statistika agentligi ma’lumotlariga asoslanib xabar berilgan.  

Statistik idoraning ma’lumotlariga ko‘ra, oltmishinchi yillardan boshlab, umr ko‘rish davomiyligi har o‘n yilda o‘rtacha ikki yilga oshgan. 

Biroq, bu ko‘rsatkich o‘tgan yili 27 mamlakatdan 22 tasida pasaygan. 

Eng katta pasayish Ispaniya (-1,6 yil), Bolgariya (-1,5 yil), Litva, Polsha va Ruminiyada (-1,4 yil) kuzatilgan. 

Aniqlanishicha, o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligining pasayishi erkaklar orasida ko‘proq kuzatilgan. 

Bolgariyada bu ko‘rsatkich 1,7 yilga, Latviya va Polshada bir yarim yilga, Ispaniya va Ruminiyada 1,4 yilga kamaygan. 

Ma’lumot o‘rnida, Yevropada 40,8 million kishi koronavirus bilan kasallangan, 935 ming bemor vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa

Baholaganlar

41

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing