YeTTBning O‘zbekistondagi vakolatxonasiga yangi direktor tayinlandi
Jamiyat
−
10 iyul 2023
2696Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori etib Andi Aranitasi tayinlandi. Bu haqda YeTTB Matbuot xizmati QALAMPIR.UZʼga ma’lum qildi.
Albaniya va Britaniya fuqarosi bo‘lgan Aranitasi o‘z vazifasini joriy yilning 1 sentyabridan boshlaydi. YeTTBdagi faoliyati davomida u bankning energetika bo‘linmalarida turli mas’ul lavozimlarda ishlagan hamda Turkiya va Janubi-Sharqiy Yevropadagi energetika loyihalari portfelini ishlab chiqish, amalga oshirish va boshqarish uchun mas’ul bo‘lgan. Bundan ilgari YeTTBning Shimoliy Makedoniyadagi vakolatxonasiga rahbari bo‘lgan.
Andi Aranitasi janob Alkis Drakinosning o‘rnini egallaydi. Drakinos 2017 yilda mamlakat bilan qayta aloqa o‘rnatilganidan beri bankning O‘zbekistondagi faoliyatini boshqarib kelgan va hozirda u Tbilisida joylashgan Kavkaz mintaqaviy vakolatxonasiga rahbar etib tayinlangan.