Shavkat Mirziyoyev YeTTB prezidentini qabul qildi

Jamiyat

image

Bugun, 18 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xorijiy investorlar kengashining navbatdagi yig‘ilishi doirasida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston yetakchisining matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan Yangi O‘zbekistonda islohotlar dasturini amalga oshirish doirasida amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirish va keng ko‘lamli sheriklikni mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqilgan.

Ushbu yetakchi ko‘p tomonlama moliyaviy institut bilan strategik sheriklik bugungi kunda har qachongidan ham yuqori darajada ekani katta mamnuniyat bilan qayd etilgan.

Bugun O‘zbekiston YeTTBning mintaqadagi eng yirik hamkori hisoblanadi. Ustuvor yo‘nalishlardagi loyihalarning umumiy portfeli 7 milliard dollardan oshgan. Investitsiyalarning katta qismi xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan.

Ekologik transportni rivojlantirish, temir yo‘l infratuzilmasini raqamlashtirish, tadbirkorlik, ipoteka bozori va mamlakat startaplar ekotizimini qo‘llab-quvvatlash sohalarida yangi kelishuvlar imzolangani mamnuniyat bilan qayd etilgan.

Joriy yilda kichik va o‘rta biznesni kreditlash ko‘lamini kengaytirish, jumladan, eksportni moliyalashtirish, ayollar va yoshlarni biznes yuritishga o‘qitish dasturlarini amalga oshirish, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish hamda bank-moliya sektorini transformatsiya qilish jarayonlarida ishtirok etish va boshqa yo‘nalishlar ustuvor etib belgilangan.

Ta’lim, sog‘liqni saqlash va transport infratuzilmasi sohalarida davlat-xususiy sheriklik loyihalarini ilgari surish bo‘yicha rejalar qo‘llab-quvvatlangan.

Loyihalarni tayyorlash mexanizmlarini takomillashtirish hamda ularni amalga oshirish samaradorligini yaxshilash maqsadida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ekspertlarini jalb etishdan manfaatdorlik bildirilgan.

Xorijiy investorlar kengashining bo‘lajak to‘rtinchi yig‘ilishi kun tartibi ham ko‘rib chiqilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning yanvar oyida ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso bilan uchrashuv o‘tkazgandi. O‘sha uchrashuvda ushbu yetakchi moliya instituti bilan strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirish va hamkorlikni kengaytirishning amaliy jihatlari muhokama qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev ETTB Odil' Reno-Basso

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing