YeTTB O‘zbekiston energetika tarmog‘i uchun qariyb $50 mln ajratadi

Jamiyat

image

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) elektr energiyasini taqsimlash davlat kompaniyasi – “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” davlat aksiyadorlik jamiyatiga 47,1 million dollargacha kredit ajratdi.

47,1 million AQSH dollarigacha bo‘lgan erkin kredit Bankning amaldagi mijozi bo‘lgan “O‘zbekiston Milliy elektr tarmoqlari” kompaniyasiga Xorazm va Buxoro viloyatlarining Sarimay va Jonkeldi aholi punktlari o‘rtasida yangi elektr uzatish liniyasi qurilishini moliyalashtirish uchun beriladi. Yangi liniya umumiy o‘rnatilgan quvvati 1 GVtgacha bo‘lgan, hozirda ishlab chiqilayotgan ikkita shamol stansiyasini milliy tarmoqqa ulaydi.

Qayd etilishicha, tarmoqning bunday kengayishi qayta tiklanuvchi energiya manbalarini O‘zbekiston energiya tarmog‘iga yanada chuqur integratsiya qilishga yordam beradi. Bu, shuningdek, mavjud elektr uzatish liniyalaridagi yuklamani muvozanatga solish va mamlakatning shimoliy va janubi-g‘arbiy qismlarida elektr ta’minoti muammolarini bartaraf etishga xizmat qiladi.

Ushbu loyiha elektr ta’minoti tizimining quvvatini oshiradi va energiya uzilishlarini kamaytirishga yordam beradi.

“O‘zbekiston nafaqat Markaziy Osiyodagi eng ko‘p aholiga ega davlat, balki barqaror infratuzilma yechimlariga muhtoj bo‘lgan mintaqadagi eng tez rivojlanayotgan iqtisodiyotdir. Bankimiz bunday loyihalarni moliyalashtirish orqali ushbu o‘sishni qo‘llab-quvvatlashga tayyor”, deydi YeTTB birinchi vitse-prezidenti Yurgen Rigterink.

Ma’lumot uchun, bugungi kunga qadar YeTTB O‘zbekistonda 113 ta loyihaga 3,6 milliard yevrodan ortiq sarmoya kiritgan.


Maqola muallifi

Teglar

ETTB

Baholaganlar

23

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing