YeTTB Ukrainaga 3 millard yevro ajratmoqchi
Olam
−
24 Oktabr 2022
3228Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) Ukrainaga 3 milliard yevro miqdorida moliyaviy yordam berish rejasini ma’qulladi. Bu haqda bank rahbari Odil Reno-Basso bugun, 24 oktyabr kuni Kiyevda o‘tkazilgan yig‘ilishda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyga ma’lum qildi.
“Men Zelenskiy bilan uchrashib, unga mamlakatni qo‘llab-quvvatlashimiz va birdamligimizni shaxsan bildirdim. U menga zarur yordam ko‘lami haqida ma’lum qildi va o‘z navbatida YeTTB zimmasiga yuklangan vazifani to‘liq bajarishga tayyor”, deydi u.
Qayd etilishicha, ushbu mablag‘ mamlakat iqtisodiyoti va biznesini qo‘llab-quvvatlash, energiya xavfsizligini ta’minlash, savdoni moliyalashtirish, oziq-ovqat xavfsizligi va farmatsevtika kompaniyalari rivojlantirish maqsadida ajratilmoqda.
Avvalroq, bank joriy yilda Ukraina iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlash uchun 1 milliard yevro ajratish niyatida ekanligini ma’lum qilgan edi. Xususan, Ukrainaning energiya xavfsizligini yaxshilash uchun “Naftogaz” (Ukrainaning neft va tabiiy gazni qazib olish, tashish va qayta ishlash davlat kompaniyasi)ga 300 million yevro miqdorida kredit ajratilishi aytilgandi.
LiveBarchasi