“Yotoqxona mashmashasi” boshlandi. Kimlar imtiyozlilar qatorida?

Jamiyat

−

image

O‘zbekistonda ayrim toifadagi Oliy ta’lim muassasalari talabalari ustuvorlik asosida yotoqxonaga joylasha oladi. Bu kecha, 14 avgust kuni respublika Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan “Oliy ta’lim muassasalari talabalarini turar-joy bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorda nazarda tutilgan.

Qarorga ko‘ra, quyidagilar talabalar turar joylariga birinchilardan bo‘lib qabul qilinadi:

  • “Mehribonlik uylari” tarbiyalanuvchilari, yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lganlar;
  • “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”, “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”da turadiganlar;
  • I va II guruh nogironligi bo‘lganlar;
  • bir oiladan bakalavriat bosqichi kunduzgi ta’lim shaklida ikki yoki undan ortiq to‘lov-shartnoma asosida o‘qiyotgan oilalar farzandlari;
  • xalqaro fan olimpiadalari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan respublika fan olimpiadalarining g‘oliblari;
  • “Yil talabasi” va “Talabalar teatr studiyalari” ko‘rik-tanlovlarining respublika bosqichi g‘olibi bo‘lganlar;
  • oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Zakovat” intellektual o‘yinining respublika bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritganlar;
  • talabalar yotoqxonasida kengash raisi, qavat sardori bo‘lgan talabalar imtiyozlilar sirasiga kiradi.

Avvalroq 2023/2024 o‘quv yilida 1-kurs talabalari, 2024/2025 o‘quv yilidan esa barcha kurs talabalari uchun davlat OTM yotoqxonasiga joylashish onlayn amalga oshirilishi haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing