Yetarli miqdorda suv ichilmasa, qanday salbiy holatlar kuzatiladi?
Salomatlik
−
29 noyabr 2021
14886Har bir inson uchun suv iste’molining ma’lum bir normasi yo‘q, ammo bu masalada bir qator tavsiyalarga amal qilish kerak. Bu haqda nutritsiolog Anastasiya Gavrikova ma’lumot berdi.
“Haqiqatan ham hamma uchun yagona suv normasi yo‘q. Men odatda quyidagi me’yorlarga e’tibor qaratishni maslahat beraman: 1 kilogramm ideal tana vazniga 30 millilitr suyuqlik”, degan Gavrikova.
Unga ko‘ra, suyuqlikning umumiy hajmidan 70 foizi suv, qolgan 30 foizi esa boshqa suyuqliklarda bo‘lishi kerak.
Diyetologning qo‘shimcha qilishicha, agar yetarli miqdorda suv ichilmasa, qon quyuqlashadi, u sekinroq oqadi, hujayralarni kislorod bilan ta’minlash kamayadi va umumiy jismoniy holat yomonlashadi.
“Diqqatning konsentratsiyasi buziladi, asabiylashish, bosh og‘rig‘i paydo bo‘ladi, xotira o‘zgara boshlaydi, reaksiya sekinlashadi. Bundan tashqari, ratsionda suv yetishmasligi bilan ichak motorikasi yomonlashadi va tez-tez ich qotishi uchraydi”, degan shifokor.
LiveBarchasi