“Yoshlar” telekanali Qoraqalpog‘istonni viloyat deb ko‘rsatgani uchun uzr so‘rab chiqdi
Jamiyat
−
29 mart 2023
16210Kecha, 28 mart kuni “Yoshlar” telekanali orqali efirga uzatilgan “Biz tomonlarda” ko‘rsatuvida Qoraqalpog‘iston Respublikasi nomi “Qoraqalpoq viloyati” tarzida namoyish etildi. Ushbu holat yuzasidan telekanal jamoasi uzr so‘rab chiqdi.
“Bugun telekanalimiz faoliyatida juda kamdan-kam uchraydigan qo‘pol xatolikka yo‘l qo‘yildi. Soat 12:05 da Qoraqalpog‘iston Respublikasidan tayyorlangan “Biz tomonlarda” ko‘rsatuvi namoyish etilgan edi. Ko‘rsatuvda montaj jarayonidagi texnik xatolik sababli Qoraqalpog‘iston Respublikasining nomi xato ko‘rsatilgan. Ushbu qo‘pol xatolikka yo‘l qo‘yilgani uchun biz, “Yoshlar” telekanali jamoasi, ko‘p sonli teletomoshabinlarimizdan uzr so‘raymiz”, deyiladi telekanal xabarida.
Keltirilishicha, hozirda ushbu xatolikka yo‘l qo‘yganlarga nisbatan tegishli choralar ko‘rilmoqda.
LiveBarchasi