Yoshlar ittifoqi raisi Sergeliga “uchdi”
Jamiyat
−
06 aprel 2021
15405O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Akmal Murodovich Jumaboyev Toshkent shahar Sergeli tumani hokimi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Yoshlar ittifoqining Telegram’dagi kanalida xabar berildi.
Akmal Jumaboyev Sergeli tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan.
Ma’lumot o‘rnida, Akmal Jumaboyev 1987 yil 14 noyabrda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek. Ma’lumoti – oliy. 2013 yilda Toshkent avtomobil-yo‘llar institutini (magistr) tamomlagan.
• 2011-2013 yillarda - Toshkent avtomobil-yo‘llar instituti magistranti, O‘zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi;
• 2013-2015 yillarda - Toshkent avtomobil-yo‘llar instituti Avtomobil texnik ekspluatatsiyasi kafedrasi assistenti;
• 2015-2016 yillarda - O‘zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Toshkent shahar Kengashi raisi o‘rinbosari;
• 2016-2017 yillarda - O‘zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Toshkent shahar Kengashi raisi;
• 2017-2018 yillarda - O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari, yoshlar turizmi va tadbirkorligini rivojlantirish, yoshlar bandligiga ko‘maklashish va huquqbuzarliklar profilaktikasi kompleksi rahbari;
• 2018-2019 yillarda - O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar hududiy Kengashi raisi vazifasini bajaruvchisi;
• 2019-2020 yillarda - O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari;
• 2020 yildan - O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi lavozimlarida faoliyat yuritgan.
LiveBarchasi