Alisher Sa’dullayevga birinchi o‘rinbosar tayinlandi
Jamiyat
−
13 Sentabr 2019 8834 1 daqiqa
Bugun, 13 sentyabr kuni Akmal Jumaboyev O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Markaziy Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda tashkilot Matbuot xizmati xabar berdi.
Akmal Jumaboyev 2018 yildan buyon Toshkent shahar Kengashi raisi sifatida ishlab kelayotgandi.
Jumaboyev Akmal Murodovich 1987 yil 14 noyabrda Toshkent viloyati Parkent tumanida tavallud topgan. Toshkent avtomobil-yo‘llar institutini tamomlagan. Rus va ingliz tillarida mukammal so‘zlasha oladi. Xalq deputatlari Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati. “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni sohibi. Oilali, bir nafar farzandi bor.