Yoshlar ittifoqi huzuridagi markaz qayta tashkil etildi
Jamiyat
−
08 iyun 2019
4254O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi huzuridagi Yoshlarga ijtimoiy-psixologik yordam ko‘rsatish markazi Yoshlarga ijtimoiy-psixologik xizmat ko‘rsatish respublika markazi etib qayta tashkil etildi.
Ta’limning barcha bosqichlarida psixologik xizmat ko‘rsatuvchi tuzilmalar uchun muloqot maydoni sifatida faoliyat yuritish Markaz faoliyatning asosiy yo‘nalishi etib belgilandi.
Qaror bilan shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida psixologik xizmat ko‘rsatishni yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi hamda tegishli tashkilot va idoralarga:
• 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab psixologiya ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha talabalarni davlat granti asosida maqsadli qabul qilish;
• magistratura bosqichida psixologiya bo‘yicha mutaxassisliklar kvotalarini keskin oshirish choralarini ko‘rish kabi vazifalar yuklatildi.
LiveBarchasi