Yoshlar ishlari agentligi xodimlarining maoshi oshiriladi

Jamiyat

image
Prezident DXXga yana bir vazifa yukladi north_east

Prezident DXXga yana bir vazifa yukladi

Yoshlar ishlari agentligining viloyat va tuman xodimlari oylik maoshi oshiriladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida aytib o‘tildi.

Yig‘ilishda shuningdek, bundan buyon viloyat, shahar va tuman sektor rahbarlari mahalliy matbuot va ijtimoiy tarmoqlar orqali yoshlarning muammo va masalalari yuzasidan qilgan ishlari to‘g‘risida aholiga hisobot berib borishi belgilandi. 

Ma’lumot uchun, Yoshlar ishlari agentligi 2020 yil birinchi choragida tuzilgan edi. Agentlikka yoshlarga oid davlat siyosatini muvofiqlashtirish vazifasi yuklatilgan.

Shavkat Mirziyoyev iqtidorli yoshlarni kashf qilish, ularning tashabbus va intilishlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida “O‘zbekiston uchun 100 g‘oya” loyihasini ilgari surdi.

“Qashqadaryolik yosh tadbirkor Sardor Sodiqov pandemiya tufayli barcha o‘quv markazlari o‘z faoliyatini to‘xtatgan bir paytda, ingliz tilini o‘rgatishning mobil dasturini yaratib, minglab yoshlar uchun masofaviy ta’limni yo‘lga qo‘ydi. Qolaversa, ushbu dasturni internet orqali xorijga ham eksport qilmoqda. Bunday innovatsion g‘oyalar menga ma’qul”, dedi Prezident.

Loyiha doirasida shahar va qishloqlardagi tashabbuskor yoshlarning iqtisodiyot, ta’lim, sport, sog‘liqni saqlash, axborot texnologiyalari kabi sohalardagi g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish uchun sharoit yaratiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

334

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing