Prezident DXXga yana bir vazifa yukladi

Jamiyat

O‘zbekistonda yoshlarning ijtimoiy muammolarini tizimli o‘rganish va muvofiqlashtirish vazifasi Davlat xavfsizlik xizmatiga yuklatildi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida aytib o‘tildi.

“Bunday muammolarni tizimli hal etish maqsadida Respublika ishchi guruhi joylarda o‘g‘il-qizlarimizning takliflarini “mahallabay” o‘rganmoqda. Bugungi kunga qadar Buxoro, Jizzax, Navoiy, Qashqadaryo, Samarqand, Toshkent viloyatlari va poytaxtimizda 50 mingga yaqin yoshlar bilan yuzma-yuz muloqot o‘tkazildi. Bildirilgan taklif va istaklar asosida tuman va shaharlar kesimida yoshlar dasturlari tasdiqlandi”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident ushbu dasturlarning ijrosi yoshlarning ijtimoiy muammolarini tizimli o‘rganish va muvofiqlashtirish vazifasi Davlat xavfsizlik xizmatiga yuklatilganini qo‘shimcha qildi.

Qayd etilishicha, joylardagi o‘rganishlar yoshlar o‘rtasida muammolarni aniqlash va tizimli hal etish borasida haligacha ko‘plab kamchilik va muammolar saqlanib qolayotganini ko‘rsatmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev DXX

Baholaganlar

1253

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing