“Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari” shakllantiriladi

Jamiyat

image
Ehtiyojmandlar uchun yana 500 mlrd ajratish mumkin. Prezident zaxira shakllantirishga ko‘rsatma berdi north_east

Ehtiyojmandlar uchun yana 500 mlrd ajratish mumkin. Prezident zaxira shakllantirishga ko‘rsatma berdi

O‘zbekistonda ishsiz yoshlar va xotin-qizlar ro‘yxati shakllantiriladi. Ro‘yxatlar “Temir daftar”larga o‘xshash bo‘ladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida iqtisodiy faollikni oshirish hamda har bir tuman va shaharga qo‘shimcha zaxira yaratish chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida aytildi.

Yig‘ilishda ishsiz yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash masalasiga alohida ahamiyat qaratildi. Bosh vazir o‘rinbosariga ularni talab yuqori bo‘lgan kasblar va tadbirkorlikka o‘qitish, shu asosda biznesini yo‘lga qo‘yishda moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tartibini joriy etish vazifasi yuklatildi. 

Bu ishlarni tizimli amalga oshirish maqsadida, mamlakatimizda joriy etilgan “temir daftar”lar singari, ishsiz yoshlar bo‘yicha alohida (“Yoshlar daftari”), ishsiz va boquvchisiz xotin-qizlar bo‘yicha alohida (“Ayollar daftari”) ro‘yxatlar shakllantirib, har biri bilan yangi tizim, yangicha tartibda manzilli ishlash muhimligi ta’kidlandi.

Videoselektor yig‘ilishida so‘zga chiqqan hokimlar tadbirkorlikni rivojlantirish, qo‘shimcha zaxiralarni shakllantirishga doir rejalari yuzasidan axborot berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

534

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing