Yoshi qirqqa yaqinlashgan Modrich faoliyatini tugatmoqchi emas

Sport

image

Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Luka Modrich mavsum oxirida faoliyatini yakunlamoqchi emas. Bu haqda futbol jurnalisti Xose Feliks Dias ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi. 

Manbaga ko‘ra, xorvatiyalik futbolchi klub uchun muhimligini isbotlash va 2025 yilning yozida tugaydigan shartnomani yana bir bor uzaytirish niyatida. Futbolchi 2026 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etmoqchi va shuning uchun yana bir mavsum “Real” futbolchisi sifatida o‘ynashni istaydi.

Ma’lumot uchun, Modrich 2012 yildan beri “qaymoqranglilar” safida o‘ynab kelmoqda. Joriy mavsumda 39 yoshli futbolchi “qirollik klubi”dagi barcha turnirlarda 12 ta uchrashuvda ishtirok etib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Transfermarkt” portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Modrichning bozor qiymati 6 million yevroni tashkil qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Xorvatiya Luka Modrich

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made