Yosh ona va 2 yashar qizning o‘limiga sabab bo‘lgan YTH bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi

3-sahifa

image

Biroz avval, Toshkentning Shayxontohur tumani “Shofayiz” mahallasida yo‘l-transport hodisasi ro‘y bergani, unda yosh ona va uning 2 yashar qizi qurbon bo‘lgani haqida xabar bergan edik. Voqeaga QALAMPIR.UZ muxbiri guvoh bo‘lgandi.

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu yo‘l-transport hodisasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi (“Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Bu haqda IIV YHXBB xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, Shayxontohur tumani Shofayiz ko‘chasida boshqa shaxsga tegishli bo‘lgan Lacetti rusumli avtomobilni tegishli hujjatlarsiz boshqarib borgan 18 yoshli Bekzod Yu. ikki nafar piyodalarni urib yuborgan va boshqaruvni yo‘qotib, qarama qarshi harakat yo‘liga o‘tib 51 yoshli Ma’rufjon K. boshqaruvidagi Spark rusumli avtomobilga to‘qnashgan.

YTH natijasida piyodalar – 22 yoshli N.M. (K.) va uning ikki yoshli qizi N.K.lar badan shikastlaridan voqea joyida hayotdan ko‘z yumgan. Avtomobil haydovchilari shifoxonaga yetkazilgan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

591

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing