Yosh oilalarga uy-joy ajratish shartlari o‘zgardi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan yosh oilalarni uy-joy bilan ta’minlashni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, yosh oilalarga uy-joy ajratish shartlari 2020 yil va keyingi yillar uchun quyidagicha belgilandi:

yosh oilalarga uy-joylar shaharlarda va qishloq joylarida 1 yillik imtiyozli davr bilan (ilgari 3 yil edi) hamda dastlabki 5 yil davomida har yili foiz stavkasi qat’iy belgilangan 7 foizdan Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasi darajasigacha bir me’yorda oshib boradigan stavkada va keyingi davrda qayta moliyalashtirish stavkasida 20 yil muddatga beriladi (ilgari qishloq joylaridagi uy-joylar uchun bu muddat 15 yil edi). 

Bunda kvartiraning dastlabki badali:

•    shaharlarda – yosh oilalarga, eskirgan uylarda yashovchilarga va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan boshqa toifadagi fuqarolarga sotish shartlariga muvofiq (ilgari qat’iy 25 foiz);

•    qishloq joylarida – sotib olinadigan kvartira qiymatining 10 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda belgilanadi (ilgari 10, 25 foiz).


Maqola muallifi

Teglar

uy yosh oila

Baholaganlar

779

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing