Yerniyazov va Usnatdinovdan bo‘shagan o‘rinlarga senatorlar saylandi

Jamiyat

image

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Murat Kamalov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zoligiga saylandi. 

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari tuman va shahar kengashlarining bo‘shab qolgan o‘rinlarga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolarini saylash bӱyicha qӱshma majlisi bӱlib ӱtdi.

Qo‘shma majlisni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi ӱrinbosari Mahmud Istamov ochdi va Saylov kodeksiga muvofiq saylovni o‘tkazish tartib-tamoyillari haqida atroflicha tushuntirish berdi.

Majlisda ishchi hay’ati, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zoligiga nomzodlar ko‘rsatish bo‘yicha maslahat kengashi, majlis kotibiyati, sanoq komissiyasi a’zolari ochiq ovoz berish yo‘li bilan saylab olindi.

Qo‘shma majlisda maslahat kengashi tomonidan Senat a’zolarini saylash bo‘yicha saylov byulleteniga kiritish uchun taklif etilgan 45-“Shumanay” saylov okrugidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputati, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog‘iston kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi raisi U.Jalmenov va 63-“Qorako‘l” saylov okrugidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Murat Kamalov nomzodi muhokama qilindi.

Ochiq ovoz berish orqali maslahat kengashi tomonidan taqdim etilgan nomzodlarni yopiq yashirin saylov byulleteniga kiritish bo‘yicha qaror qabul qilindi.

Shundan so‘ng Senat a’zolarining saylovi bo‘lib o‘tdi. Natijalarga kӱra 45-“Shumanay” saylov okrugidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputati, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog‘iston kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi raisi U.Jalmenov va 63-“Qorako‘l” saylov okrugidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi Murat Kamalov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari etib saylandi.

Eslatib o‘tamiz, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi – Oliy Majlis Senati raisi o‘rinbosari Musa Yerniyazov joriy yilning 31 iyul kuni, 9 sentyabr kuni senator Sharap Usnatdinov vafot etgan


Maqola muallifi

Teglar

Senat

Baholaganlar

75

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing