Yerni Oydan turib suratga olgan fazogir 90 yoshida aviahalokatda vafot etdi
Bu qiziq
−
08 iyun
9782Yerni kosmosdan turib olgan surati bilan dunyoga tanilgan amerikalik iste’fodagi general-mayor, Apollon 8 ekipaj a’zolaridan biri Uilyam Anders samolyot halokatida halok bo‘ldi. Bu haqda “Fox News” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, hodisa Vashington shtatidagi San-Xuan orollarida Kanada chegarasiga yaqin joyda sodir bo‘lgan. Samolyotni Andersning o‘zi boshqargan. 90 yoshli uchuvchi halqa yasamoqchi bo‘lgan, biroq qurilma boshqaruvini yo‘qotgan, shundan so‘ng samolyot suvga tushib, cho‘kib ketgan.
Mahalliy sherifning aytishicha, samolyot eski model bo‘lgan va samolyot bortida uchuvchidan boshqa hech kim bo‘lmagan.
Ma’lumot uchun, Anders 1968 yil 24 dekabrda Oy orbitasida bo‘lganida Yer suratini olgan. Shuningdek, Uilyam Apollon 8 ekipaj do‘stlari bilan birga, Oyga sayohat qilgan birinchi odamlardan biri. “Foundation” veb-saytiga ko‘ra, uning Oyda "Anders krateri" deb nomlangan krateri ham mavjud.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Amerikaning xususiy aerokosmik kompaniyasi “Blue Orign” 90 yoshli astronavt Ed Duaytni fazoga uchirgandi.