Yerliklar “yangi” kometani 50 ming yilda ilk bor ko‘rishi mumkin

Bu qiziq

image

NASA ma’lumotlariga ko‘ra, 12 yanvar kuni 50 ming yil ichida birinchi marotaba osmonda ko‘rinadigan yashil kometani yerdan turib maxsus asboblar orqali kuzatish mumkin bo‘ladi. Bu haqda CNN nashri xabar berdi.

Kometa 2022 yilning 2 martida astronomlar tomonidan Kaliforniya observatoriyasida aniqlangan. Kometaning yer shariga eng yaqin holati 1 fevraldan 2 fevralga o‘tar kechasi kuzatiladi. Taxminiy hisob-kitoblarga ko‘ra, kometa 42 million kilometr masofa yerdan uzoqlikda harakatlanadi. Kometanining eng yorqin holatini Shimoliy yulduz (Paloris) yaqinida ko‘rish mumkin.

Shuningdek, kometani yulduzlardan chang zarralardan iborat chiziqli dumlari, uni o‘rab turgan yashil bug‘lari bilan ajratish mumkin. Kometani shimoliy yarim shardagi kuzatuvchilar yanvar oyida, janubiy yarimshardagilar esa fevral oyining boshida durbin orqali ko‘rishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq NASA tomonidan taqdim etilgan koinotning eng yangi suratlarini e’lon qilgan edik. Bu to‘plamda asosan yulduzlar, koinotning chang yo‘llari e’tibor markazida bo‘lgan.

Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

NASA Shimoliy yulduz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing