Tramp NASA’ning bo‘lajak rahbarini tanladi

Olam

image

AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp bugun, 4 dekabr kuni Jared Ayzekmanni Qo‘shma Shtatlar Milliy aeronavtika va koinot boshqarmasi (NASA)ga rahbarlik qilishga taklif qildi. Bu haqda u o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

“Jared NASA’ning kashfiyot va ilhom missiyasini boshqaradi, bu esa koinot fani, texnologiyasi va izlanishlaridagi ulkan yutuqlarga yo‘l ochadi”, deb yozdi Tramp postida.

Agar Djared Ayzekmanni tasdiqlansa, Artemis dasturi doirasida odamlarni Oyga yuborishga katta e’tibor qaratadigan 25 milliard dollarlik agentlikni nazorat qiladi. Bu Trampga SpaceX Starship’ga tayanadigan ko‘p milliard dollarlik sa’y-harakatlarini amalga oshirishga yordam beradi.

Ma’lumot uchun, Ayzekman Shift4 Payments to‘lovlarni qayta ishlash kompaniyasining bosh direktori sifatida ko‘p yillar davomida Ilon Mask va uning SpaceX kosmik kompaniyasining yaqin hamkori bo‘lib kelgan. U SpaceX texnalogiyalari va skafandrlaridan foydalanib, Yer orbitasida to‘liq shaxsiy parvozlarni amalga oshiradigan Polaris dasturi doirasida ikki marta koinotga chiqqan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp o‘zining qudasi Massad Bulosni o‘zining Yaqin Sharq masalalari bo‘yicha maslahatchisi sifatida tanlagan va uning mohir huquqshunos va xalqaro maydonda katta tajribaga ega ekani, shuningdek, biznes olamida yetakchi roli borligini ta’kidlagan edi.

Diyorjon Quvondiqov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Donal'd Tramp Tramp NASA Jared Ayzekman

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing