Yerga yilning eng katta asteroidi yaqinlashmoqda
Bu qiziq
−
17 Sentabr 28547 1 daqiqa
Ertaga, 18 sentyabr kuni Yerga shu yilning eng katta asteroidlaridan biri yaqinlashadi. Bu haqda Quyosh astronomiyasi laboratoriyasi xabar berdi.
Laboratoriyaning ma’lumotiga ko‘ra, “2025 FA22” asteroidi ertaga, 18 sentyabr kuni Yerdan Oy orbitasining diametridan biroz kattaroq masofada o‘tib, sayyoraga Toshkent vaqti bilan soat 12:00 atrofida eng yaqin keladi. Ob’ektning o‘rtacha kattaligi 166 metr, uzunligi esa 290 metr. Uning massasi taxminan “Chelyabinsk” meteoritidan 1000 marta katta.
Rossiya Fanlar akademiyasining Kosmik tadqiqotlar instituti olimlarining fikricha, bu 2025 yilda sayyoradan million kilometrdan kamroq masofa yaqinroq o‘tadigan eng katta kosmik ob’ektdir. Yer uchun xavfli jismlar ro‘yxatiga kiritilgan aksariyat ob’ektlarda bo‘lgani kabi bu jismning sayyora bilan to‘qnashuvi ehtimoli past. Shuningdek, asteorid harakatini teleskopda kuzatish deyarli imkonsiz.
“To‘qnashuv ehtimoli mohiyatan nolga teng, chunki qanday holatlar kombinatsiyasi asteroid orbitasini qisqa vaqt ichida tubdan o‘zgartirishi mumkinligini tasavvur qilish qiyin”, deydi akademiya astrofiziklaridan biri.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2025 PM nomli, diametri 50 metr bo‘lgan asteroid Yer yonidan uchib o‘tishi haqida xabar berilgan edi.
Bunyod Keldiboyev
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr