Yerga uchta futbol maydoniga teng asteroid yaqinlashmoqda 

Bu qiziq

image

Noyabr oyining o‘rtalarida diametri 170 dan 380 metrgacha bo‘lgan potensial xavfli 2004 UE asteroidi Yer yaqinidan uchib ketadi. Bu haqda NASA ma’lumotlariga tayanib xabar berilgan.  

Ta’kidlanishicha, kattaligi uchta futbol maydoniga teng keladigan asteroid joriy yilning 13 noyabr kuni Yerga minimal masofada yaqinlashadi. 

Amerika agentligining hisob-kitoblariga ko‘ra, asteroid sayyoramizdan 4 million kilometr uzoqlikda uchib o‘tadi, bu Yerdan Oygacha bo‘lgan 11 dan ortiq masofani tashkil etadi. 

2004 UE asteroidi Apollon guruhining bir qismi bo‘lib, parvoz yo‘llari Yer orbitasi bilan kesishadigan potensial xavfli asteroiddir. Asteroidning birinchi kuzatuvi 2004 yilga to‘g‘ri keladi. Keyingi safar asteroid 2051 yilda Yerga yaqinlashadi.


Maqola muallifi

Teglar

asteroid

Baholaganlar

712

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing