Yerga bitta shaharni yo‘q qila oladigan asteroid yaqinlashmoqda
Bu qiziq
−
25 mart 2023
23555Shu hafta oxirida bitta shaharni yo‘q qilish uchun yetarli darajada kattalikka ega asteroid Yerga yaqinlashadi. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.
Qayd etilishicha, asteroid hafta yakunida Yer va Oy orbitalari o‘rtasidan zararsiz ravishda o‘tadi. NASA ma’lumotlariga ko‘ra, sayyoraga asteroidlarning yaqinlashuvi tez-tez sodir bo‘lib turadigan holat, ammo bunchalik katta hajmdagilari kamdan-kam uchraydi va bu kabi hodisalar o‘n yilda bir marta sodir bo‘ladi. Olimlar Yerga yaqinlashayotgan asteroidning diametri 40 dan 90 metrgacha bo‘lishini taxmin qilmoqda.
Bir oy avval aniqlangan “2023 DZ2” deb nomlanuvchi asteroid shanba kuni Oydan 515 000 km masofadan o‘tib ketadi va bir necha soat o‘tgach, taxminan 28 000 kilometr/soat tezlikda Yer yonidan uchib o‘tadi.
Ushbu kamyob hodisa astronomlarga 68 000 kilometr uzoqlikdagi koinot jinsini o‘rganish imkoniyatini beradi. Yerdan Oygacha bo‘lgan masofaning yarmidan kamrog‘idan o‘tuvchi asteroidni durbin va kichik teleskoplar orqali ko‘rish mumkin bo‘ladi.
“Ushbu asteroidning Yerga zarba berish imkoniyati yo‘q, biroq uning yaqinlashishi kuzatishlar uchun ajoyib imkoniyat yaratadi”, deydi Yevropa kosmik agentligining sayyoraviy mudofaa bo‘limi boshlig‘i Richard Moissl o‘z bayonotida.
NASA ma’lumotlariga ko‘ra, Xalqaro asteroidlar haqida ogohlantirish tarmog‘i astronomlari Yerga tegishi mumkin bo‘lgan xavfli asteroid aniqlansa, buni sayyoralarni himoya qilish uchun yaxshi amaliyot deb bilishadi.
Asteroidning uchib o‘tishi virtual teleskop loyihasi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya qilinadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, asteroid 2026 yilgacha boshqa Yerga yaqinlashmaydi. Dastlab, u qaytganda Yerga xavf solish ehtimoli pastdek ko‘ringan bo‘lsada, ammo olimlar buni tezda rad etishdi.
Nodirjon Madaminov