Yerga asteroid qulasa, odamlarni qutqarish mumkinmi? (video)

Bu qiziq

0:00
0:00
download

Amerika Milliy aviatsiya va kosmik boshqarmasi (NASA) olimlari asteroidning Yerga qulashi modelini yasadi. Ular insoniyat bunday tahdiddan o‘zini himoya qiluvchi vositalarga hali ega emasligini aniqladi. Bu haqda "The Independent" yozmoqda.  

Uzoq davom etgan tadqiqotlar natijasida olimlar, agar ulkan asteroid Yevropaga yaqinlashib kelayotgan bo‘lsa va odamlarga tayyorgarlik ko‘rish uchun 6 oy muddat bo‘lsa ham, falokatning oldini olish mumkin emas degan xulosaga kelgan. 

"The Independent", shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti 27 aprelda chaqirgan sayyora mudofaasi konferensiyasi haqida ham yozib o‘tgan. 

Unga ko‘ra, konferensiya ishtirokchilari agar haqiqiy hayotda asteroid bilan to‘qnashuv xavfi paydo bo‘lsa, Yerni tark etish uchun qisqa vaqt ichida kosmik kema uchirishni iloji yo‘qligini tan olishgan. 

Ta’kidlanishicha, ushbu vaziyatdan chiqishning yagona yo‘li odamlarni asteroid bilan to‘qnashadigan hududdan evakuatsiya qilish bo‘ladi. 

NASA'ning sayyora mudofaasi bo‘yicha ofitseri Lidli Jonsonga ko‘ra, bunday model yasash Yer mudofaasi mutaxassislariga potensial tahdidga tayyor turish uchun mamlakatlar hukumatlari bilan aloqa qilishda yordam beradi.


Maqola muallifi

Teglar

asteroid

Baholaganlar

553

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing