Yerevandagi namoyishda 100 ga yaqin odam hibsga olindi

Olam

image

Yerevanda norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi, uning ishtirokchilari Bosh vazir Nikol Pashinyan iste’fosini talab qildi. Bu haqda “News.am” nashri xabar berdi

Parlament binosi oldida namoyishchilar bilan politsiya o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz berdi. Namoyishchilar to‘siqlarni buzib o‘tdi, politsiya namoyishchilarni tarqatib yuborish uchun shovqinli granatalar ishlatdi va ular esa politsiyaga shisha butilkalarni uloqtirdi.

Armaniston Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 98 kishi tibbiy yordamga murojaat qilgan. 66 kishi yordam ko‘rsatilgach, uyga chiqarilgan. Yana 32 kishi yengil va o‘rtacha darajadagi jarohatlar bilan shifoxonada qolmoqda.

Namoyishlar chog‘ida 17 nafar politsiyachi va 10 ga yaqin OAV xodimi jarohatlangan. “Armeniya Today” nashriga ko‘ra, namoyishda kamida 98 kishi hibsga olingan.

Yerevandagi norozilik namoyishlariga Arman Apostol cherkovining Tavush yeparxiyasi rahbari arxiyepiskop Bagrat Galstanyan boshchilik qilmoqda. Namoyishlar Armaniston va Ozarbayjonning Tavush viloyatidagi chegarani delimitatsiya qilish borasida kelishib olganidan keyin boshlandi. Natijada Yerevan avval Ozarbayjon SSR tarkibida bo‘lgan, biroq 1990 yillardan buyon armanlar nazoratida bo‘lgan to‘rtta qishloqni Bakuga o‘tkazishga rozi bo‘ldi. “Vatan nomi uchun Tavush” harakati Bosh vazir Nikol Pashinyanning iste’fosini talab qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Nikol Pashinyan parlament parkidagi muxolifat mitingi chog‘ida o‘tkazilgan brifingda hukumat faqat xalq xohlasagina iste’foga chiqishini aytgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Nikol Pashinyan Armaniston namoyish Erevan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made