Yerevanda Armanistonning KXSHTdan chiqishi uchun miting o‘tkazildi

Olam

image
0:00
0:00
download

Kecha, 18 sentyabr kuni Armaniston poytaxtida bir necha yuz kishi mamlakatning Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotidan chiqishini qo‘llab ko‘chaga chiqdi. Aksiya ishtirokchilari orasida G‘arb jamg‘armalari tomonidan moliyalashtiriladigan tashkilotlar xodimlari, shuningdek, “Milliy birlashgan qutb” partiyasi a’zolari ham bor, deb yozadi Rossiyaning asosiy axborot tarqatuvchilaridan biri TASS.

“Ozodlik” maydonida o‘tgan miting mahalliy portallar tomonidan translyatsiya qilingan. Namoyishchilardan biri, sotsiolog Karen Sarkisyanning fikricha, Armaniston KXSHTdan chiqmagunicha, rasmiylar haqiqiy ittifoqchilar bilan mamlakat xavfsizligini ta’minlash imkoniyatlari bo‘yicha muzokaralarni boshlay olmaydi.

Aksiya Armaniston-Ozarbayjon chegarasidagi qurolli mojaroning keskinlashuvi va AQSH Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining Yerevanga tashrifi fonida shtkazildi.

Avvalroq arman siyosatshunosi Edgar Elbakyan Pelosining Armanistonga safarini mamlakatni Rossiya Federatsiyasi ta’sir doirasidan olib chiqishga urinish sifatida baholagan edi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 13 sentyabriga o‘tar kechasi Armaniston Mudofaa vazirligi Ozarbayjon Qurolli kuchlari mamlakatning aholi punktlarini o‘qqa tutganini ma’lum qildi. Bakuning qayd etishicha, bu Yerevanning "provokatsiyalari"ga javobdir. Keyinroq Ozarbayjon o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvlarga erishgani haqida xabar berdi, biroq Armaniston o‘q uzish davom etayotganiga ishora qilmoqda. 

To‘qnashuvlarda avvaliga Ozarbayjon tomonidan 77 nafar, Armanistondan 105 nafar harbiy halok bo‘lgani aytildi. 

Armaniston Xavfsizlik Kengashi favqulodda yig‘ilish o‘tkazdi, unda Do‘stlik, hamkorlik va o‘zaro yordam to‘g‘risidagi shartnoma, shuningdek, KXSHT va BMT Xavfsizlik Kengashi qoidalaridan foydalanish uchun Rossiyadan yordam so‘rashga qaror qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon-Armaniston

Baholaganlar

163

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing