Yerevan Ozarbayjonni chegarada o‘q uzganlikda aybladi. Baku darhol javob qaytardi

Olam

image
0:00
0:00
download

Kecha, 16 iyul kuni Armaniston Mudofaa vazirligi Ozarbayjonni o‘zaro chegaradagi  arman qo‘shinini o‘qqa tutilganlika aybladi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda. 

Harbiy idoraning ta’kidlashicha, kecha soat 11:00 da Ozarbayjon Qurolli Kuchlari bo‘linmalari Ararat viloyatidagi Yerasx qishlog‘i yaqinida joylashgan Armaniston qo‘shinlariga o‘q uzgan. Ta’kidlanishicha, Armaniston tomonidan hech kim jabrlanmagan.

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, Armaniston-Ozarbayjon davlat chegarasidagi Naxchivan Avtonom Respublikasining Sadarak tumani yo‘nalishi bo‘yicha harakatlangan Ozarbayjon armiyasi  pozitsiyasiga Armaniston Qurolli kuchlari harbiylari turli qurollardan o‘q uzgan. Ozarbayjon armiyasida hech kim jabrlanmagan.

Eslatib o‘tamiz, Ozarbayjon o‘tgan yilning 27 sentyabr kuni Armaniston bilan boshlangan qurolli to‘qnashuvlardan keyin noyabr oyiga kelib Tog‘li Qorabog‘ni mustamlakadan ozod qildi. Qorabog‘ yerlari 29 yillik arman mustamlakasidan yana Ozarbayjonga qaytdi. 27 sentyabrda boshlangan 44 kunlik urush natijasida Ozarbayjon Tog‘li Qorabog‘dagi 5 ta shahar, 4 ta posyolka, 286 ta qishloq va ko‘plab strategik muhim tepaliklarni Armanistondan ozod qildi. 

Rasmiy Baku ayni vaqtda ushbu hududlar o‘tgan yillar davomida vayronaga aylantirilib, tarixiy obidalar yo‘q qilingani, infratuzilma ishdan chiqqani, bu ham yetmagandek, arman Hukumati hududlarga minalar o‘rnatgani va Qorabog‘ yerlari Ozarbayjon qo‘liga o‘tganiga qaramay, minalangan yerlar xaritasini bermay kelayotganini ta’kidlamoqda. Kuni kecha ushbu minalangan hududlarda Ozarbayjon jurnalistlari o‘tirgangan avtomobil portlab ketdi. Oqibatda 3 kishi – ikki jurnalist va bir amaldor qurbon bo‘ldi. Mamlakat vitse-prezidenti Mehribon Aliyeva murojaat bilan chiqib, xalqaro hamjamiyat, xalqaro jurnalistlar huquqlari himoyachisi sifatida o‘zini namoyon etib kelgan nohukumat tashkilotlar jurnalistlarning minalangan hududlarda qurbon bo‘lganiga panja ortidan qarab, Armanistonning harakatlariga ko‘z yumib kelayotganini ta’kidlagan edi. 

Durdona Pirnazarova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Ozarbayjon-Armaniston

Baholaganlar

57

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing