Erdo‘g‘an G‘azo bo‘yicha “global tashabbus”ni boshlash niyatida
Olam
−
09 noyabr 2023
6173Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an G‘azodagi inqirozni hal qilish bo‘yicha “global tashabbus” bilan chiqish niyatida. Bu haqda hukumatparast “Hürriyet” gazetasi xabar berdi.
Nashrning yozishicha, joriy yilning 7 noyabr kuni Turkiyada hukmron “Adolat va taraqqiyot” partiyasi ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishida so‘zga chiqqan Erdo‘g‘an, G‘azoda tezda o‘t ochishni to‘xtatish va Isroil Falastin anklavida sodir etayotgan jinoyatlarning oldini olish zarurligi haqida gapirgan.
“Men G‘azoda insoniyatga qarshi yangi jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan yangi dasturni boshlayapman. Men dunyo yetakchilarining har biriga qo‘ng‘iroq qilaman, ular bilan muzokaralar olib boraman va kerak bo‘lsa, ular bilan uchrashaman. Men yetakchilar, prezidentlar va bosh vazirlar bilan G‘azo bo‘yicha qo‘shma global tashabbusni boshlash niyatidaman”, degan Erdo‘g‘an.
“Hürriyet” gazetasining yozishicha, Turkiya Prezidenti “global tashabbus”ni 12 noyabr kuni Jiddada (Saudiya Arabistoni) bo‘lib o‘tadigan Islom Hamkorlik Tashkiloti sammitidan so‘ng amalga oshirish niyatida.
Eslatib o‘tamiz, Erdo‘g‘an joriy yilning 28 oktyabr kuni Istanbulda Falastinni qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlangan mitingda so‘zga chiqib, Turkiya Isroilni harbiy jinoyatchi deb e’lon qilish niyatida ekanini ma’lum qildi.
LiveBarchasi