Yer yuzida eng tez isiyotgan hudud ma’lum bo‘ldi 

Olam

image

Arktikada harorat Yerning boshqa qismlariga qaraganda tezroq ko‘tarilmoqda, bu jarayon sayyoradagi ob-havo uchun salbiy oqibatlar keltirib chiqarishi mumkin. Bu haqda Iqlim inqirozlari bo‘yicha maslahat guruhi hisobotida ma’lum qilingan. 

“Arktika global haroratning ko‘tarilishidan ko‘ra tezroq isib bormoqda. So‘nggi 30 yil ichida Arktika har o‘n yilda Selsiy bo‘yicha 0,81 darajaga isidi, bu olamdagi boshqa mintaqalarga qaraganda o‘rtacha uch baravar tezroq (har o‘n yilda Selsiy bo‘yicha 0,23 daraja)”, deyilgan tadqiqotda. 

Shu bilan birga, hisobot shuni ko‘rsatganki, Arktika nafaqat dunyodagi eng tez isiydigan mintaqa, balki, sayyora iqlimida izchil ketma-ket o‘zgarishlarga ega bo‘lgan “boshlanish nuqtasi” hamdir. Mutaxassislarning aniqlik kiritishicha, Arktika butun Yer sayyorasining iqlimini tartibga solishga ta’sir qiladigan “Yer tizimi”ning 15 ta eng muhim elementlaridan biridir. 

“Arktikada haroratning tez isishi va muzlarning erishi bizning ob-havoda qo‘shimcha o‘zgarishlarni keltirib chiqarganini istisno qilib bo‘lmaydi”, deyilgan xabarda.

Mualliflar Arktikadagi bir qancha ilgari kuzatilmagan hodisalarning sayyora janubida joylashgan qismlariga ta’sirini tushunish kerakligini ta’kidlagan. 

Buyuk Britaniyaning Iqlim inqirozlari bo‘yicha maslahat guruhi raisi Devid King insoniyat bunday muammolarga dosh bera olishi va tegishli dasturlarni amalga oshirish uchun besh yil borligini aytgan. 

“Agar biz bularning barchasini qila olsak, kelgusi asrda insoniyatning xavfsiz kelajagiga zamin yaratamiz”, degan u. 

Qayd etilishicha, King va boshqa olimlar qutbli yozning uch oyi davomida Shimoliy Muz okeani uzra bulut qoplamini yaratish orqali “Arktikani yana muzlatish” imkoniyatini o‘rganmoqda. Olimlar sun’iy bulut qoplami quyosh nurlarini qaytarib, qishda kattalashgan qutb muzlari yozda saqlanib qolishiga xizmat qilishidan umid qilmoqda.

“Agar biz buni keyingi 20-30 yil ichida har yili takrorlasak, Shimoliy Muz okeanini himoya qilish uchun zarur bo‘lgan muz qatlamini yaratishimiz mumkin bo‘ladi”, deb qo‘shimcha qilgan King.


Maqola muallifi

Teglar

Arktika

Baholaganlar

739

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing