Davlatning yerini o‘zboshimchalik bilan egallab o‘tiribsizmi? Unda shoshiling
Jamiyat
−
03 aprel 2019
11747O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarida yoki imorat qurish uchun ruxsatnoma olmasdan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish bo‘yicha bir martalik umumdavlat aksiyasining muddati 2019 yil 1 mayga qadar etib belgilangan. Bu haqda Adliya vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Mulk huquqini olish uchun imorat joylashgan hududdagi Davlat xizmatlari markazi orqali tuman (shahar) hokimining nomiga ariza beriladi.
Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
- murojaat etuvchining pasporti nusxasi;
- murojaat etuvchining oila a’zolari haqida hamda yer uchastkasiga egalik qilgan muddatlari va imorat qurilgan vaqt to‘g‘risida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining ma’lumotnomalari.
Murojaat etuvchidan boshqa ma’lumotlarni, shuningdek, boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab qilish taqiqlanadi.
Arizani ko‘rib chiqish uchun eng kam ish haqining 5 baravari miqdorida bir martalik yig‘im (1 013 650 so‘m) undiriladi.
LiveBarchasi