Yer aholisining necha foizi koronavirusga qarshi emlangani ma’lum bo‘ldi

Olam

image

Dunyoda koronavirus infeksiyasiga qarshi emlanganlarning umumiy soni 159,3 milliondan oshdi, bu dunyo aholisining 2 foizidan ko‘pini tashkil etadi (7 milliard 795 milliondan). Bu haqda TASS o‘zining hisob-kitoblariga asoslanib xabar bermoqda. 

Ta’kidlanishicha, so‘nggi bir hafta ichida kuniga o‘rtacha 6 millionga yaqin odam emlangan. 

3 fevral holatiga ko‘ra, koronavirusga qarshi emlanganlar soni u bilan kasallanganlar sonidan oshib ketgan. 

Dunyo bo‘yicha eng ko‘p AQSH aholisi koronavirusga qarshi vaksina qabul qilgan, ya’ni, 48 million kishi. 

Xitoy ikkinchi o‘rinni egallagan, mamlakatda 40 milliondan ortiq odam emlangan. 

Buyuk Britaniyada esa 14,1 millionga yaqin odam koronavirusga qarshi vaksina qabul qilgan. 

Dunyoda jami 108 mln 315 ming 631 kishi koronavirusga chalingan, ularning 2 mln 379 ming 264 nafari vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

vaktsina

Baholaganlar

68

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing