Yopiq eshiklar ortidagi uchrashuv: Lavrov toliblar bilan muzokara o‘tkazmoqda
Olam
−
20 Oktabr 2021
4680Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bugun, 20 oktyabr kuni Afg‘onistonda hokimiyatni egallagan “Tolibon” harakati vakillari bilan uchrashuv o‘tkazmoqda. Muzokaralar Moskvada bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan Afg‘oniston bo‘yicha Moskva formatidagi uchrashuv oldidan o‘tkazilmoqda.
Ta’kidlanishicha, uchrashuv yopiq eshiklar ortida bo‘lib o‘tmoqda. Unda Rossiya tomonidan Prezidentning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zamir Kabulov va Rossiyaning Afg‘onistondagi elchisi Dmitriy Jirnov ishtirok etmoqda.
Qayd etilishicha, “Tolibon” harakati vakillaridan iborat delegatsiya bugun ertalab Moskvaga kelgan. Harakatning rasmiy vakili Zabihulla Mujohidga ko‘ra, Rossiya poytaxtidagi delegatsiya mamlakat va umuman mintaqaning xavfsizlik muammolarini muhokama qiladi.
Moskvadagi maslahatlashuvlar delegatsiyasiga Afg‘oniston muvaqqat hukumati rahbarining o‘rinbosari Abdusalom Hanafiy boshchilik qilmoqda. Unga Afg‘oniston Tashqi ishlar vaziri Amir Xon Mottaki va boshqa vazirlar ham sheriklik qilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, Moskva formati 2017 yilda Rossiya, Afg‘oniston, Pokiston, Eron, Hindiston va Xitoy maxsus vakillarining olti tomonlama maslahatlashuv mexanizmi asosida yaratilgan.
LiveBarchasi