YeOII yetakchilari nimalarga kelishib oldi?
Olam
−
00:10
4913Kecha, 26 dekabr kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi va uning yakunlari bo‘yicha 17 ta hujjat ma’qullandi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.
Bu galgi uchrashuvda Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan onlayn formatda qatnashib, yig‘ilishga raislik qildi. Uchrashuvda Belarus rezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin, shuningdek, kuzatuvchi maqomida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Eron Islom Respublikasi Sanoat, konlar va savdo vaziri Said Muhammad Otabak ham qatnashdi. Kuba Respublikasi Prezidenti Migel Dias-Kanel esa ishtirokchilarga videomurojaat yo‘lladi.
Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha quyidagi hujjatlar ma’qullandi:
-
"Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi va uchinchi tomon yagona bojxona tranziti tizimi to‘g‘risida"gi bitim.
-
"2014 yil 29 maydagi Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi to‘g‘risidagi shartnomaga maxsus himoya, dampingga qarshi va kompensatsiya choralarini qo‘llash yoki qo‘llamaslik to‘g‘risida tergov o‘tkazish va qarorlar qabul qilishning maxsus mexanizmi nuqtai nazaridan o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida"gi bayonnoma.
-
“Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashining 2018 yil 6 dekabrdagi 23-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qarori.
-
“Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqining 2025 yilga mo‘ljallangan byudjeti to‘g‘risida”gi qaror.
-
"Belarus Respublikasining qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash sohasidagi majburiyatlari to‘g‘risida"gi qaror.
-
“Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi xalqaro faoliyatining 2025 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi qaror.
-
2023 yil 25 dekabrdagi “Bir tomondan, Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi va unga a’zo davlatlar, ikkinchi tomondan, Eron Islom Respublikasi o‘rtasida erkin savdo to‘g‘risidagi bitim kuchga kirishi to‘g‘risida”gi qaror.
-
“Eron Islom Respublikasiga Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqida kuzatuvchi davlat maqomini berish to‘g‘risida”gi qaror.
-
“Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqining umumiy elektr energiyasi bozorini shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qaror.
-
“Tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi sudiga murojaat qilganda to‘lanadigan boj miqdorini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaror.
-
“2023 yilda Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi organlarida tashqi audit (nazorat) natijalari to‘g‘risida”gi qaror.
-
“Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi byudjetining 2023 yilgi ijrosi to‘g‘risidagi hisobot to‘g‘risida”gi qaror.
-
“Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga 10 yil” medali bilan taqdirlash to‘g‘risida”gi qaror.
-
“Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi organlariga raislik qilish to‘g‘risida”gi qaror.
-
"Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi doirasida xizmatlarning yagona bozori faoliyati to‘g‘risida"gi buyruq.
-
“Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi doirasida alohida xizmat ko‘rsatish tarmoqlarini liberallashtirish rejalarini amalga oshirish to‘g‘risida”gi buyruq.
-
“Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazish vaqti va joyi to‘g‘risida”gi buyruq.
Eslatib o‘tamiz, Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida kuzatuvchi maqomida ishtirok etgan Mirziyoyev sayyohlik almashinuvlarini rag‘batlantirish maqsadida YeOII davlatlari fuqarolariga O‘zbekistonga ichki hujjatlar bilan kirish imkonini beruvchi tartibni joriy etishga tayyorligini bildirgandi.
LiveBarchasi