YeOII Xitoy bilan mustaqil valyuta-moliya tizimi ishga tushirmoqchi

Olam

image

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi va Xitoy mustaqil xalqaro valyuta-moliya tizimi loyihasini ishlab chiqadi. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasining integratsiya va makroiqtisodiyot vaziri Sergey Glazev ma’lum qildi.

Taxminlarga ko‘ra, tizim yangi xalqaro valyutaga asoslangan bo‘lib, u ishtirokchi mamlakatlar milliy valyutalari va tovar narxlari indeksi sifatida hisoblanadi.

“Global iqtisodiy pasayish va YeOII davlatlari hamda Xitoyga nisbatan cheklov choralari bilan bog‘liq umumiy muammolar, xavflarni inobatga olgan holda, mamlakatlarimiz muntazam ekspert muloqotlari darajasida ham, qo‘shma chora-tadbirlar va loyihalar sohasida ham amaliy hamkorlikni faollashtirishlari kerak”, degan Glazev.

Unga ko‘ra, birinchi loyiha joriy yilning mart oyi oxirigacha muhokama uchun taqdim etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

EOII

Baholaganlar

1108

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing