YeOII davlatlari dollardan voz kechmoqchi – Rossiya TIV

Olam

image
0:00
0:00
download

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi davlatlari ichki savdoda Amerika valyutasidan uzoqlashishga harakat qilmoqda. Rossiya TIVning MDH davlatlari birinchi departamenti direktori Mixail Yevdokimov RIA Novostiga bergan intervyusida shu haqda aytib o‘tdi.

“O‘zaro hisob-kitoblarda milliy valyutalardan kengroq foydalanish va dollardandan voz kechish masalalariga katta e’tibor qaratilmoqda”, deydi diplomat.

U Rossiya moliya-bank tizimiga nisbatan misli ko‘rilmagan sanksiyalar joriy etilgunga qadar ham YeOII doirasidagi hisob-kitoblarda milliy valyutalarning ulushi 70 foizdan oshganini eslatgan.

Yevdokimovning fikricha, G‘arb davlatlari Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligidagi integratsiya jarayonlariga putur yetkazmoqchi. Bunga qarshi turish uchun xavfsizlik sohasidagi mavjud mexanizmlarni moslashtirish va MDH, KXSHT va SHHT doirasidagi ishlarni muvofiqlashtirish zarur.

Eslatib o‘tamiz, G‘arb davlatlari Ukrainaga qarshi urush boshlanganidan so‘ng Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi. Yangi cheklovlar asosan bank sektori va yuqori texnologiyali sektorga ta’sir ko‘rsatdi. Rossiya energiya manbalaridan voz kechishga chaqiriqlar kuchaydi. Chaqiriqlar fonida Yevropa va AQSHda oziq-ovqat va yoqilg‘i narxlarining oshishi kuzatildi.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yilning dekabr oyida O‘zbekiston YeOIIda kuzatuvchi maqomini olgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

EOII

Baholaganlar

905

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing