Yengilmas Ergashev Churbanovni uchinchi raundda nakautga uchratdi
Sport
−
10 iyun 2019
7513Kecha, 9 iyun kuni tunda Rossiya Federatsiyasi poytaxti Moskva shahrida navbatdagi professional boks kechasi yakunlandi.
Oqshomning markaziy jangi mag‘lubiyat va murosa nimaligini bilmay kelayotgan o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi Shohjahon Ergashev ishtirokida kechdi. U o‘zining prof ringdagi 17-jangida rossiyalik Maksim Churbanovga qarshi ringga ko‘tarildi. Shohjahon kutilganidek, jangning uchinchi raundida raqibini nokautga uchratdi. Bu haqda Olamsport.com nashri xabar tarqatdi.
Eslatib o‘tamiz, aslida Ergashev bugun Puerto-Riko vakili Danielito Zorrillaga qarshi jang o‘tkazishi kerak edi. Zorrilla prof boksda 11 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan edi (9 ta nokaut). Lekin betob bo‘lib qolganligi bois Zorilla Moskvaga yetib kela olmadi.
Shohjahonning bugungi raqibi rossiyalik 32 yoshli Maksim Churbanov faoliyati davomida jami 14 ta jang o‘tkazgan. Hisobida 8 g‘alaba, 4 mag‘lubiyat va bir durang bor edi. Bugun u beshinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.