“Yengilmas Arsenal” futbolchisi 35 yoshda olamdan o‘tdi

Sport

image

Ispaniya terma jamoasi ва Londonning “Arsenal” klubi sobiq futbolchisi Xose Antonio Reyes yo‘l transport hodisasi oqibatida hayotdan ko‘z yumdi.

Bu haqda “Sevilya” klubi matbuot хизмати xabar tarqatdi.

“Biz bu yomon xabarni tasdiqlashdan qayg‘udamiz. Xose Antonio Reyes yo‘l transport hodisasi oqibatida vafot etdi. Жойи jannatda bo‘lsin”, - deyiladi xabarda.

Malumot uchun, Reyes 2003/04 yilgi mavsumda birorta mag‘lubiyatga uchramay chempion bo‘lgan “Arsenal”ning asosiy futbolchisi edi. Londondagi muvofaqqiyatli o‘yinlaridan keyin futbolchini Madridning Real klubi o‘z safiga qo‘shib olgan edi. Ammo Madridda uning ishlari yurishmadi.

U ayni payta Ispaniyaning Sevilya” klubida jamoa sardori sifatida to‘p surib kelayotgan edi. Reyes 35 yoshida vafot etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Arsenal Futbol Xose Antonio Reyes

Baholaganlar

127

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing