Yengil vazndagi jangchilar uxlab qolgan – Maxachev

Sport

image

Yengil vazn toifasida rossiyalik UFC jangchisi Islom Maxachev (21-1) BAA poytaxti Abu-Dabidagi “Janglar oroli”da bo‘lib o‘tgan UFC 267 turnirida Den Xukerni (21-11) mag‘lub etganidan so‘ng, o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Endi vaqti keldi, men gapira olaman. Ketma-ket to‘qqizta g‘alaba va chempionlik uchun kurashga tayyorman. Yengil vazndagi jangchilar uxlab qolgan, men uni jonlantirmoqchiman. Kuchliroq raqib topib berishsa bo‘ldi, istalgan sportchini taslim eta olaman. Mening “greplingim” top darajada. Raqiblarim pul uchun oktagonga ko‘tariladi. Ular g‘alaba qozonishadi, so‘ngra mag‘lub bo‘lishadi. Men chempionlik kamarini yutib olaman va uni uzoq vaqt ushlab turishni xohlayman”, deydi Maxachev.

Eslatib o‘tamiz, UFC yengil vazn toifasining 5-raqamli jangchisi hisoblangan Islam Maxachev Yangi Zelandiya vakili Den Xukerga qarshi oktagonga ko‘tarildi va 2 daqiqa 25 soniyada “sabmishn” (ushlash holati) evaziga g‘alaba qozondi. Unga ushbu jangda Habib Nurmuhamedov sekundantlik qildi.

Ma’lumot uchun, joriy yilning dekabr oyida Charlz Oliveyra va Dastin Pore o‘rtasida yengil vazn toifasida chempionlik jangi o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

UFC Habib Nurmuhamedov Islam Maxachev Den Xuker

Baholaganlar

130

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing