Yongan “Crafers”midi?
Jamiyat
−
19 noyabr 2019
12873Ijtimoiy tarmoqlarda bugun, 19 noyabr kuni “Crafers” qandolat fabrikasi yonayotgani haqida xabarlar va suratlar tarqaldi. QALAMPIR.UZ ushbu gap-so‘zlarga oydinlik kiritish maqsadida Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi bilan bog‘landi.
Qayd etishlaricha, yong‘in “Crafers” qandolat fabrikasida emas, balki Yunusobod tumanida joylashgan, “Smart Stroy Building” va “ Teplo Luks Biznes” MCHJlarga qarashli omborxonada sodir bo‘lgan. Bu haqda Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Soat 11:09da, Yunusobod tumani, I.Axmad ko‘chasi, 14-uyda joylashgan, “ Smart Stroy Building” va “ Teplo Luks Biznes” MCHJlarga qarashli omborxona 200 kv metr maydonida yongan. Yong‘indan 1500 kv metr maydonidagi qurilmalar saqlab qolingan.
Yong‘in o‘chirish jangovar bo‘linmalari chaqirilgan manzilga soat 11:15da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong‘in soat 11:49da qurshab olinib, soat 12:01da o‘chirilgan.
Ma’lum qilinishicha, yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Yong‘indan insonlarni halok bo‘lish va tan jarohati olish holatlari qayd etilmgan. Yong‘in joyiga 6 ta yong‘in o‘chirish texnikalari jalb qilingan.
LiveBarchasi