Yelizaveta II ning Moskvadagi kvartirasi sotuvga qo‘yildi

Olam

image

Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II ga tegishli bo‘lgan Moskva shahri markazidagi elit kvartira sotuvga qo‘yildi. Qayd etilishicha, Xamovniki rayonida joylashgan to‘rtta kvartiradan biri sotuvga qo‘yilgan. OAV bergan ma’lumotlarga ko‘ra, yangi sohibi qidirilayotgan ushbu xonadonlar Buyuk Britaniya qirolichasiga tegishli bo‘lgan. Uyning umimiy maydoni 250 kvadrat metrni tashkil etadi. 

Uyning narxi va sotuvga qo‘yilishi sabablari ma’lum emas. Shunga qaramay, mahalliy rieltorlar uyning taxminiy bahosini belgilashdi. Unga ko‘ra, bu kabi kvartiralarning narxi har bir metr kvadrat uchun 1 yoki 1 yarim milliondan bashlanadi. 

Buyuk Britaniya qirolichasining Moskva shahrida qimmatbaho va shinam to‘rt kvartiraga egalik qilishi haqidagi xabar o‘tgan yil o‘rtalarida tarqalgan edi. Keyinroq, Xamovniki rayoni Birinchi Obedenskiy tor ko‘chasida joylashgan uydagi to‘rt kvartira Yelizaveta II ga tegishli ekani ma’lum qilindi. Mulkning umumiy maydoni 839 kvadrat metrni tashkil etadi. 

Mulkga oid hujjatlarda uning egasi Kanadada hukmronlik qilayotgan qirolicha ekani qayd etilgan. Darhaqiqat, Yelizaveta II Kanada va Avstraliyada davlat rahbari sifatida qabul qilinadi. Rasmiy ravishda ushbu mamlakatlarni Bosh vazir boshqaradi. 

2019 yilda RIA Novosti agentligi uylarning qirolichaga tegishliligi bo‘yicha Kanada elchixonasiga murojaat qiladi. Elchixonadan ma’lum qilinishicha, xonadonlar rasman qirolicha nomiga qayd etilgan bo‘lsa ham, amalda Kanada hukumati ularni nazorat qiladi. 

Moskvadagi kvartira Yelizaveta II ga tegishli bo‘lsa ham, u bu kvartirada yashamagan. 1994 yilda u to‘rt kunlik tashrif bilan turmush o‘rtog‘i shahzoda Filipp hamrohligida Rossiyaga kelgan. Ammo kvartiralarda tunab qolmagan. 


Maqola muallifi

Teglar

Elizaveta II

Baholaganlar

175

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing