Yelizaveta II ning dafn marosimiga Rossiya va Belarusdan hech kim taklif etilmadi
Olam
−
13 Sentabr 2022
4212Britaniya rasmiylari Qirolicha Yelizaveta II ning 19 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadigan dafn marosimiga Rossiya, Belarus va Myanmani taklif qilmadi. Eronga esa elchi darajasidagi vakil ishtirok etish uchun taklif yuborilgan. Bu haqda Britaniya Bosh vaziri qarorgohidagi manbalarga tayanib, “PA Media” xabar berdi.
Qirolicha Yelizaveta II ning dafn marosimida dunyoning to‘rt burchagidan 500 ga yaqin taniqli shaxslar ishtirok etishi kutilmoqda.
“Politico” nashrining yozishicha, Britaniya Tashqi ishlar vazirligi butun dunyo bo‘ylab o‘zining diplomatik vakolatxonalariga Qirolichaning dafn marosimi munosabati bilan sodir bo‘lgan voqealar bo‘yicha rasmiy protokol yuborgan.
Protokolda qirolichaning Vestminster abbatligidagi dafn marosimiga taklif etilgan davlat va hukumat rahbarlariga faqat turmush o‘rtoqlari hamrohlik qilishi mumkinligi aytiladi.
Delegatsiyalar yoki taklif etilganlarning boshqa oila a’zolari mehmonlar soni ko‘p bo‘lgani uchun dafn marosimiga qo‘yilmaydi. Agar mamlakat rahbari dafn marosimida qatnasha olmasa, uni hukumat a’zosi kabi yuqori martabali shaxs taqdim etishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Qirolicha Yelizaveta II 8 sentyabr kuni 96 yoshida Shotlandiyadagi Balmoral qasrida vafot etdi. Taxtni uning o‘g‘li Charlz egalladi.
LiveBarchasi