Yelizaveta II qachon dafn etilishi ochiqlandi

Olam

image

Qirolicha Yelizaveta II ning dafn marosimi joriy yilning 19 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Bukingem saroyining bugun, 10 sentyabr kuni e’lon qilingan bayonotida aytiladi. 

“Qirolicha zoti Oliylarining davlat dafn marosimi Vestminster abbatligida 19 sentyabr,  dushanba kuni Britaniya standart vaqti bilan soat 11:00 da bo‘lib o‘tadi”, deyiladi hujjatda. 

Dafn marosimi kuni dam olish kuni, deb e’lon qilingan. Yelizaveta II ning jasadi dafn etilishidan oldin, sub’ektlar u bilan xayrlashishlari uchun tobut to‘rt kun davomida Britaniya parlamenti binosi foyesida namoyish etiladi. 

Eslatib o‘tamiz, bugun, 10 sentyabr kuni Charlz Filip Artur Jorj rasman Buyuk Britaniya va Shimoliya Irlandiya Birlashgan Qirolligining qiroli deb e’lon qilindi.

Vorislik kengashi Charlz III ni Buyuk Britaniyaning yangi qiroli deb rasman e’lon qildi.

Deklaratsiyani taxt vorisi shahzoda Uilyam, qirolicha-konsort Kamilla, Jamoalar palatasi rahbari va Kengash lord-raisi Penni Mordaunt, Buyuk Britaniya Bosh vaziri Liz Trass va Kenterberi arxiyepiskopi darhol imzoladilar.

70 yildan ortiq hukmronlik qilgan Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II 8 sentyabr kuni Shotlandiyada 96 yoshida vafot etdi. U 15 mamlakatda, shu jumladan Kanadada rasmiy davlat rahbari edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Elizaveta II

Baholaganlar

485

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing