Yelizaveta II ga tegishli mashina auksionga qo‘yildi

Bu qiziq

image

Angliya qirolichasini olib yurish uchun maxsus yasalgan va atigi 13 metr masofani bosib o‘tgan Garia Courtesy golf aravasi auksionga qo‘yildi. Bu haqda Iconic auctioneers auksion uyi xabar berdi.

Lotning taxminiy narxi  22-27 ming AQSH dollarini tashkil qiladi. Biroq kimoshdi savdosi mutaxassisining fikricha, bu kichkina arava 28 000 yevro – taxminan 30 ming 500 dollardan qimmatroqqa sotilishi mumkin. Bu qiymat oddiy golf aravasining odatiy narxidan ancha yuqori.

Mashina 2022 yili sobiq monarx dunyodagi eng mashhur bog‘dorchilik tadbirlaridan biri bo‘lgan Chelsi gullar ko‘rgazmasida ishtirok etishi uchun yasalgan. Tadbir davomida Angliya qirolichasi aravadan 2 martagina foydalangan.

Shundan so‘ng arava qayta ishlatilmadi. Biroq qirolicha Yelizaveta II tomonidan foydalanilganining o‘zi mashina narxini sezilarli darajada oshishi uchun yetarli bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Microsoft asoschisi Pol Allenning san’at kolleksiyasi 10-11 avgust kunlari Christie modalar uyida auksionga qo‘yildi va 1,6 milliard dollarlik sotuvi bilan rekord o‘rnatdi.


Maqola muallifi

Teglar

mashina Elizaveta II

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing