YeLga qur’a tashlandi. “Roma”, “Yunayted” va boshqalar raqiblarini bilib oldi

Sport

image

Bugun, 26 avgust kuni, Shveysariyaning Non shahrida futbol bo‘yicha Yevropa ligasi guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

4 ta savatchaga bo‘lingan 32 ta jamoa 8 ta guruhga ajratildi. Qur’a qoidalariga ko‘ra, bitta savatdagi va bir mamlakat jamoalari guruh bosqichida o‘zaro to‘qnash kelmaydi.

Qur’adan so‘ng jamoalar quyidagi tartibda guruhlardan joy oldi:

"A" guruhi: "Arsenal" (Angliya), PSV (Niderlandiya), "Bude Glimt" (Norvegiya), "Syurix" (Shveysariya);

"B" guruhi : "Dinamo" Kiyev (Ukraina), "Renn" (Fransiya), "Fenerbaxche" (Turkiya), "Larnaka" (Gretsiya);

"S" guruhi: "Roma" (Italiya), "Ludogorets" (Bolgariya), "Betis" (Ispaniya), "Xelsinki" (Finlyandiya);

"D" guruhi: "Braga" (Portugaliya), "Malme" (Shvetsiya), "Union Berlin" (Germaniya), "Union Sant Gallen" (Belgiya);

"E" guruhi : "Manchester Yunayted" (Angliya), "Real Sosedad" (Ispaniya), "Sherif" (Moldova), "Omoniya" (Kipr);

"F" guruhi: "Latsio" (Italiya), "Feyenoord" (Niderlandiya), "Midtyulland" (Daniya), "Austriya" (Avstriya);

"G" guruhi:"Olimpiakos" (Gretsiya), "Qorabog‘" (Ozarbayjon), "Frayburg" (Germaniya), "Nant" (Fransiya);

"H" guruhi: "Srvena Zvezda" (Serbiya), "Monako" (Fransiya), "Ferensvarosh" (Vengriya), "Trabzonspor" (Turkiya).

Ma’lumot uchun, Yevropa ligasi guruh bosqichi shu yilning 8 sentyabr kuni start oladi va 3 noyabr kuni yakuniga yetadi. Musobaqa taqvimining bu qadar zichligiga sabab sifatida Qatarda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatining noyabrda boshlanishi keltirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

EL "Manchester Yunayted" “Roma”

Baholaganlar

36

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing