YeIga a’zo davlatlar Netanyaxuni hibsga olishga majbur – Borrel
Olam
−
23 noyabr
1229Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati oliy vakili Josep Borrel Xalqaro jinoiy sudning (XJS) Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni hibsga olishga order berish qarorini qo‘llab-quvvatlamagan davlatlarni hukmni hurmat qilishga chaqirdi. Bu haqda u X’dagi sahifasida yozdi.
“Bu siyosiy qaror emas, bu sud qarori”, dedi u.
Shu bilan birga, Borrel Rossiya Prezidenti Vladimir Putinni hibsga olishga order berish bo‘yicha XJS qaroriga ko‘p ovoz berilganiga e’tibor qaratdi.
“Bu ovozlarning ba’zilari bugungi kunda jim ekani diqqatga sazovor”, dedi Yevropa diplomatiyasi rahbari.
Borrel Yevropa Ittifoqi davlatlarini XJS qarorini qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.
“Yevropa Komissiyasi raisining o‘rinbosari va Oliy vakil sifatida men a’zo davlatlardan XJCni qo‘llab-quvvatlashni so‘rayman. Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar sud qarorini bajarishga majbur”, deya eslatgan u.
Bundan tashqari, Yevropa diplomatiyasi rahbari Yevropa Ittifoqiga nomzod davlatlar ham XJS qaroriga rioya qilish istagini bildirdi.
“Agar YeIga a’zo bo‘lishni istaganlar hozirgi a’zolar qilmagan ishni qilishlari kerak bo‘lsa, bu juda kulgili bo‘ladi. Shuning uchun men XJSni qo‘llab-quvvatlash uchun ovozimni ko‘tarmoqchiman”, dedi u.
Bundan tashqari, Borrel amerikalik senatorning XJC qaroriga oid bayonotini tanqid qildi.
“Bugun ertalab AQSH senatorining sud jarayoni bilan hamkorlik qilgan har qanday davlatga nisbatan sanksiyalar qo‘llashini aytganini eshitib dahshatga tushdim. Ular xalqaro sud bilan hamkorlik qiladigan har qanday davlatga qarshi sanksiyalar qo‘llashlari haqiqatan ham aql bovar qilmaydi”, deydi Borrel.
21 noyabr kuni XJC Bosh vazir Binyamin Netanyaxu va sobiq mudofaa vaziri Yoav Galantni “harbiy jinoyatlar va insoniyatga qarshi jinoyatlar”da hibsga olish uchun order berdi.
Ba’zi davlatlar, xususan, Vengriya, Avstriya, Chexiya va Germaniya XJC qaroridan noroziligini bildirib, unga rioya qilmasliklari mumkinligi haqida bayonotlar berdi.
Eslatib o‘tamiz, Buyuk Britaniya, Kanada va Niderlandiya agar Binyamin Netanyaxu mamlakat hududiga kelsa, uni Xalqaro jinoiy sud orderi bo‘yicha hibsga olishini билдирганди. AQSH esa XJS qarorini qoralagan. Kreml voizi Dmitriy Peskov esa XJS harakati biror narsaga yordam berishi dargumon ekanini aytdi. QALAMPIR.UZ’ning Tashqi ishlar vazirligidagi manbasi esa O‘zbekiston Xalqaro jinoiy sudning qarorlarini bajarishni o‘z zimmasiga olmagani, bu to‘g‘risidagi tegishli hujjatlarni ratifikatsiya qilmaganini bildirdi. Shu bilan birga, O‘zbekiston Yaqin Sharqda urushlar to‘xtamagunicha Netanyaxuni mamlakatga tashrifini kutayotgani yo‘qligi aytildi.
LiveBarchasi