YeIda katta muhokama boshlandi. Ukraina tashkilotga qabul qilinadimi?

Olam

image

Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar rahbarlari bugun, 23 iyun kuni Bryusselda uchrashib, keng ko‘lamli masalalarni, jumladan, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urush mavzusini, Ukraina, Moldova va Gruziyaning Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish istagini muhokama qilyapti. 

Ikki kunlik sammit oldidan Yevropa Ittifoqi-G‘arbiy Bolqon uchrashuvi bo‘lib o‘tadi, unga Bosniya va Gersegovina, Serbiya, Kosovo, Chernogoriya, Albaniya va Shimoliy Makedoniya davlat va hukumat rahbarlari taklif etiladi. 

Oldin Yevropa Ittifoqi va Shimoliy Makedoniya o‘rtasidagi muloqotga to‘sqinlik qilgan Bolgariyaning pozitsiyasi alohida qiziqish uyg‘otadi. Bir kun oldin Bolgariya hukumatining iste’foga chiqishiga sabab bo‘lgan hukumat inqirozi fonida Sofiyaning pozitsiyasi o‘zgarishi mumkin. 

Yevropa Kengashi prezidenti Charlz Mishel bugungi yig‘ilishning muhimligini qayd etib, G‘arbiy Bolqonlarning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish jarayonini faollashtirish uchun Yevropa Ittifoqi davlatlarida “aniq siyosiy iroda” mavjudligiga ishora qildi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi Bolgariyadagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda. Shuningdek, u, Yevropa Ittifoqining Albaniya va Shimoliy Makedoniya bilan erta muloqotga tayyorligini bildirgan. 

YeI sammiti kunning ikkinchi yarmida uch davlatning Yevropa Ittifoqiga nomzod maqomi uchun arizalarini muhokama qilish bilan boshlanadi. 

Yevropa Komissiyasi avvalroq Yevropa Ittifoqi rahbarlariga Kiyev va Kishinyovga nomzod maqomini berishni tavsiya qilgan, Tbilisining arizasi esa qo‘shimcha ko‘rib chiqish uchun qoldirilgan edi. 

“Ushbu sammit Yevropa Ittifoqi uchun burilish nuqtasi bo‘ladi. Biz geosiyosiy tanlov qilamiz. Men Ukraina va Moldovani qo‘llab-quvvatlashiga ishonaman”, degan Mishel.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa Ittifoqi Ukraina

Baholaganlar

166

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing